Maksim Shatskix: "Muxlislarimizdan uzr so‘rayman"

  • 14 avgust, 10:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Andijon" - "Navbahor" o‘rtasidagi vodiy derbisida mezbonlardan omad yuz o‘girgan bo‘lsa-da, "Bobur arena" stadionida mahalliy muxlislar "dahshatli" muhitni yaratdilar va jamoani super darajada qo‘llab-quvvatladilar. 

Tecno

"Andijon" ustozi bosh murabbiyi Maksim Shatskix muxlislik borasida shunday dedi: 

"Kechagi o‘yinda muxlislarimiz stadionda fantastik muhitni yaratdilar. Ular jamoamizni qoyilmaqom darajada qo‘llab-quvvatladilar. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. 

Biz shubhasiz, ishqibozlarimizni xursand qilishni xohlagandik. Afsuski, biz o‘ylagandek bo‘lmadi. Buning uchun muxlislarimizdan uzr so‘rayman. 

Albatta, keyingi uchrashuvlarda ishqibozlarimizni xursand qilish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!