
Maldini va Zlatan "Milan"dan ketishi mumkin
“RB Leyptsig” klubi sobiq bosh murabbiyi Ralf Rangnikda hali ham “Milan”ga kelish imkoniyati bor. Ammo, unga bu borada to‘siqlar ko‘paymoqda.
SportMediaset nashrining yozishicha, 61 yoshli mutaxassisning “rossonerilar” safiga ko‘chib o‘tishiga jamoaning texnik direktori Paolo Maldini va hujumchi Zlatan Ibragimovich to‘sqinlik qilishi mumkin.
Maldinining obro‘si va uning “rossonerilar” transfer bozoridagi ta’siri Rangnikning transfer siyosatini o‘zi boshqarishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bundan tashqari, Ralf 38 yoshli Zlatan bilan ham shartnomani uzaytirmoqchi emas.
Shu tariqa “Milan”ning ijrochi direktori Ivan Gazidis Rangnik kelgunicha Maldini va Ibragimovichlarning masalasini hal qilib qo‘yishi kerak.
Fikrlar