
"Man Siti"ning ikki futbolchisida COVID-19 aniqlandi
"Manchester Siti"ning ikki nafar a’zosi koronavirus kasalligini yuqtirib oldi.
Himoyachi Emerik Lyaport va yarim himoyachi Riyad Marez COVID-19ga topshirgan testlari musbat natijani berdi.
Hozirda ikkala futbolchi Premer-liga va Buyuk Britaniya protokoliga binoan o‘zlarini izolyatsiya qilmoqda.
Lyaportda ham, Marezda ham koronavirus alomatlari mavjud emas.
"Shaxarliklar" o‘zlarining mavsumdagi ilk uchrashuvlarini 21 sentyabr kuni APL 2-turi doirasida "Vulverxempton"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar