
"Manchester Siti" - "Bavariya" va "Benfika" - "Inter" uchrashuvlariga hakamlar tayinlandi
Chempionlar ligasining 1/4 finali o‘yinlariga hakamlar tayinlandi.
"Manchester Siti" - "Bavariya" bahsi ispaniyalik hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi. Bosh hakam - Xesus Xil Mansano va unga qanotlarda Diego Barbero Sevilya va Anxel Nevado Rodrigeslar yordam beradi. VARda - Xuan Martines Munuera, AVARda - Alexandro Ernandes Ernandes ishlaydi.
"Benfika" - "Inter"
Bosh hakam sifatida angliyalik - Maykl Oliver. Qanot hakmlari sifatida - Styuart Bert, Saymon Bennet ishlaydi. VAR esa niderlandiyalik - Pol van Buekelga ishonilgan .
Fikrlar