"Manchester Siti" 115 million evroga futbolchi sotib olmoqchi
"Nottingem Forest" futbolchisi Elliot Anderson "Manchester Siti"ning eng ustuvor maqsadi sifatida ko‘rilmoqda.
"Football Insider" nashri bergan xabarlarga qaraganda, "shaharliklar" rahbariyati Anderson uchun kurashda hamshaharlari "Manchester Yunayted" bilan jiddiy raqobatlashmoqchi. "O‘rmonchilar" o‘z yulduzini 115 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Futbolchining nottingemliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyida yakuniga etadi.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli xavbek joriy mavsum barcha turnirlarda umumiy 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar