"Manchester Siti" 119 yillik rekordini yangiladi
APL 24-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Manchester Siti" "Tottenxem" ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushba natija "shaharliklarning" o‘z maydonida qo‘lga kiritgan ketma-ket 6-g‘alabasi hisoblanadi. Ular bu ko‘rsatkichni 119 yildan beri ilk bor takrorladi. Shuningdek, Pep Gvardiola shogirdlari "Etihad"da qatorasiga 7 bahsda darvozasidan gol o‘tkazib yubormadi. Bu ham 1946-1947 yilgi mavsumdan beri eng yaxshi natija sanaladi.
Manchesterliklar Premer-ligada 23 o‘yin o‘tkazib, eng yaqin ta’qibchisidan 7 ochkoga o‘zib ketgan. "Siti" keyingi tur bahsini "Arsenal" maydonida o‘tkazadi.

Fikrlar
Men cityni bu òyinlarini YCHL da kòrgim kelyapdi.
Kòz tegmasin CITY yaxshi ketyapdi
OLĞA
BOYS IN BLUE