"Manchester Siti" 4 ta futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor
"Manchester Siti" klubida tarkibni qayta shakllantirish jarayoni ketmoqda. Jamoa allaqachon bir nechta yangi futbolchilarni sotib oldi va hozirda o‘ng qanot himoyasi pozitsiyasini kuchaytirish ustida ishlamoqda. Shu bilan birga, ayrim futbolchilar klubni tark etadi.
The Athletic nashrining xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" kamida uch nafar futbolchini sotishga tayyor. Klubni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar orasida quyidagilar bor: 35 yoshli Kayl Uoker, 29 yoshli Kelvin Fillips, 29 yoshli Jek Grilish va 22 yoshli Jeyms Makati. Qayd etish joiz, Uoker va Fillips yozda "Siti"ga ijaradan qaytgan edi.
Ayni paytda "Manchester Siti" Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Yuventus"ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Fikrlar