"Manchester Siti" 68 yildan so‘ng bu natijaga erishdi

  • 03.12.2025 17:12
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasining 14-turidagi g‘alabadan so‘ng "Manchester Siti" tarixiy natija qayd etdi.

APLning 14-turida "shaharliklar" "Fulxem"ni 5:4 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu uchrashuvda jamoaning himoya chizig‘i pand bergan bo‘lsa-da, oldi chiziqdagi ijrochilar evaziga maydonni g‘olib tarzda tark etdi. "Manchester Siti" 1957 yildan buyon ilk bor 4 ta gol o‘tkazib yuborib yakunda uchrashuvni o‘z foydasiga hal qildi. O‘shanda klub "Sheffild Uensdey"dan to‘rtta gol o‘tkazib yuborib, yakunda g‘alaba qozongan edi. Ushbu o‘yin ham 5:4 hisobida yakunlangandi.

Ma’lumot uchun, "shaharliklar" navbatdagi turda "Sanderland"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!