"Manchester Siti" Abduqodir Husanov uchun qancha summa taklif qilayotgani ma’lum bo‘ldi

  • 8 yanvar, 20:44
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Angliyaning "Manchester Siti" klubi milliy terma jamoamiz himoyachisi Abduqodir Husanov uchun "Lans"ga 36 million evro berishga tayyorlanmoqda.

Xabaringiz bor, "shaharliklar" so‘nggi o‘yinlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrashayotgan edi. Shu bois, klub rahbarlari qishki transferlar oynasida tarkibni kuchaytirish maqsadida yangi futbolchilarni xarid qilmoqchi. 

Insayder Ben Jekobsning xabar berishicha, Xosep Gvardiola boshchiligidagi jamoa Husanov uchun kurashda etakchilik qilmoqda. Hozirda manchesterliklardan tashqari Madridning "Real" klubi ham futbolchimiz uchun faol aloqada bo‘lmoqda. Biroq, so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, "Siti" tezroq ushbu transferni yakunlashni xohlamoqda. Shu sababli, klub mutasaddilari 20 yoshli himoyachimiz uchun Frantsiya jamoasiga 36 million evro taklif qilishni maqsad qilib qo‘ygan.

Bir necha kun oldin esa "Lans" fulbekni 40 million evrodan kamroq summaga sotmoqchi emasligini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Is'hoqjon Ro'ziyev
08/01/2025 21:58
Butun O'zbekistonni butbolchilarini narxini qo'yibdiku a