"Manchester Siti" a’zosi "An-Nasr" radariga tushdi

  • 1 fevral, 12:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Mateo Kovachikga qiziqish bildirmoqda. 30 yoshli xorvatiyalikning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

Tecno

Ingliz nashrlari xabariga ko‘ra, "shaharliklar" kelayotgan yozda o‘z tarkibini sezilarli darajada yoshartirishni rejalashtirmoqda. Shu sabab klub yoshi kattaroq futbolchilarni ushlab qolmaydi. "The Sun Football" nashri xabariga ko‘ra, "An-Nasr" yozgi transfer oynasida Kovachichni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. "Transfermarkt" 30 yoshli xavbekning narxini 28 million evroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni grandi safida Manchesterning sobiq himoyachisi Emerik Lyaport ham to‘p tepmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!