"Manchester Siti" futbolchisi "Liverpul"ni chempionlikka munosib deb aytdi
"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Bernardu Silva "Liverpul" bu mavsum APL chempionligi uchun munosib ekanini aytdi.
Ta’kidlash kerakki, mersisaydliklar hozirda 2-o‘rinda borayotgan “Manchester Siti”dan naqd 25 ochkoga ilgarilab ketishgan. Mavsum yakunlanishiga esa yana 9 tur qolgan.
“Albatta, “Liverpul” chempionlikka munosib edi. Albatta.
Vaziyat shu qadar achinarlika, agar “Liverpul” chempionlikni qo‘lga kiritgan taqdirda ham, bundan to‘liq zavqlana olmasligi mumkin. Ular hatto chempionlikni o‘z muxlislari bilan nishonlay olishmaydi. Yaqin 2-3 oy ichida buni amalga oshirish qiyin”, - deydi portugaliyalik futbolchi.

Fikrlar