"Manchester Siti" futbolchisi Turkiya klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi

  • 21 iyun, 07:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "L’Équipe" nashrining xabar berishicha, Ilkay Gyundogan va "Galatasaray" shartnoma borasida kelishib olgan. Biroq, bu hozircha transferni rasmiylashtirish uchun etarli emas.

Tecno

"Manchester Siti" yarim himoyachisi klublar o‘zaro kelishuvga erishishidan avval Turkiya klubining bosh murabbiyi Okan Buruk bilan suhbatlashishi kerak bo‘ladi. Ayni paytda Gyundogan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmoqda.

Avvalroq "Siti" 34 yoshli futbolchini tekinga qo‘yib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ilkayning amaldagi shartnomasi yana bir yilga mo‘ljallangan. Germaniyalik havbek o‘tgan mavsum 51 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!