“Manchester Siti” Gvardiolani xursand qildi

  • 24.06.2024 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” rahbariyati jamoani ketma-ket to‘rt marotaba Angliya chempioniga aylantirgan bosh murabbiy Xosep Gvardiolani xursand qilmoqchi.

Jurnalist Saymon Mallokning ma’lum qilishicha, klub ispaniyalik mutaxassis bilan yangi shartnoma tuzib, uning maoshini sezilarli darajada ko‘tarmoqchi.

Xosep Gvardiola hozirning o‘zida eng ko‘p mablag‘ ishlab topayotgan murabbiylardan hisoblanadi. “Shaharliklar” unga har mavsum 23,7 million evrodan pul to‘layapti.

53 yoshli mutaxassis jamoani 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!