
"Manchester Siti" himoyachisi qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi
"Manchester Siti" himoyachisi Natan Ake 10-11 hafta maydonga tusha olmasligi oydinlashdi.
Xabaringiz bor, bir necha kun oldin Xosep Gvardiola boshchiligidagi "shaharliklar" Angliya kubogi doirasida "Plimut" bilan bahs olib borib, 3:1 hisobida zafar quchishgan holda, keyingi bosqichga yo‘l olishdi.
Mazkur bellashuvning birinchi bo‘limidan so‘ng Natan Ake almashtirildi. Uning o‘rnida esa Ruben Diash harakat qildi. Uchrashuv yakunlangan so‘ng ma’lum bo‘ldiki, himoyachi og‘ir jarohat olgan. Hatto, buni jamoa bosh murabbiyi Gvardiola ham tasdiqlagan edi.
Ilk tibbiy ko‘riklardan keyin uning chap oyog‘i operatsiya qilingan. Shu bois, Natanning jarohatdan forig‘ bo‘lib, jamoaga safiga qaytishi 10 yoki 11 haftani talab qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, 30 yoshli fulbek joriy mavsum manchesterliklar safida 18 ta bellashuvda ishtirok etishga ulgurdi.
Fikrlar