
“Manchester Siti” Kevin de Bryuyne o‘rniga undan zo‘rlarini olib keladigan bo‘ldi
“Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne yozgi transferlar davrida Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
“Shaharliklar” 33 yoshli futbolchi o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan yangi ijrochilar ro‘yxatini tuzib qo‘ydi.
TEAMtalk nashrining yozigicha, manchesterliklar “Benfika” vakili Joau Nevesh atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Bundan tashqari, Xose Gvardiolani “Bavariya”dan Jamol Musiala, “Bayer”dan Florian Virts va PSJga tegishli bo‘lib, boshqa jamoalarda ijarada yurgan Xavi Simons kabi iste’dod egalari qiziqtirmoqda.
Jurnalist Rudi Galetti Kevin de Bryuyne hamkorlik masalasida “Al-Ittihod”ga ijobiy javob berganini, manchesterliklar esa, tajribali o‘yinchining ketishiga qarshilik qilmasligi haqida axborot tarqatgan edi.
Fikrlar