
"Manchester Siti" nega yutqazdi? Mashhur mutaxassis ushbu savolga javob berdi
Italiyalik mashhur mutaxassis Fabio Kapello "Manchester Siti" va "Chelsi" (0:1) klublari o‘rtasida kechgan UEFA Chempionlar ligasi final uchrashuvi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Tuxel "Chelsi" ko‘p pul sarflagan futbolchilardan maksimal darajada foydalana oldi. Men Gvardiola asosiy tarkibni tanlashda yanglishdi, deb o‘ylayman. Gyundogan tayanch yarim himoyachi vazifasini to‘liq bajara olmadi. Stounz esa qanday himoyalanishni bilmadi.
Ikkinchi bo‘limda "Manchester Siti" yaxshiroq o‘ynadi, ammo ular birinchi bo‘limni "Chelsi"ga sovg‘a qildi. Taym oxirida ular yana bir gol o‘tkazishi va 0:2 hisobida yutqazishlari mumkin edi”, - dedi Kapello.
“Manchester Siti” o‘z tarixida ilk bor UEFA Chempionlar ligasi finaliga chiqdi. “Chelsi” ushbu musobaqada ikkinchi marta g‘alaba qozondi.
Fikrlar