"Manchester Siti" O'zbekiston debyutiga qanday munosabat bildirdi?

  • 18.06.2026 06:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning mashhur «Manchester Siti» klubi rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarida O‘zbekiston terma jamoasi va himoyachi Abduqodir Husanovning 2026 yildagi jahon chempionatidagi debutiga bag‘ishlangan post e’lon qildi.

Klubning Instagram sahifasida Husanovning suratlari joylashtirildi. Unda futbolchi «Manchester Siti»ning o‘yin formasida, elkasiga O‘zbekiston davlat bayrog‘i osilgan holda kameraga qarab turgani aks etgan.

Post ostidagi qisqa izohda esa shunchaki: «O‘zbekiston», — deb yozilgan.

 O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatida «K» guruhida Kolumbiya, Portugaliya, Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalari bilan pley-off yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. O‘zbekiston termasi birinchi uchrashuvini aynan Kolumbiyaga qarshi Mexiko shahridagi afsonaviy «Atsteka» stadionida o‘tkazmoqda.

Guruhdagi dastlabki o‘yin — Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi o‘rtasidagi bahs durang bilan yakunlangani bois, O‘zbekiston termasiga g‘alaba qozonish va musobaqa boshidayoq guruhda peshqadamga aylanish imkoniyati paydo bo‘ldi.

«Manchester Siti» tarkibida to‘p surayotgan Abduqodir Husanov ishtirok etayotgan klub 2026 yildagi jahon chempionatida eng ko‘p futbolchi bilan qatnashadigan jamoa sifatida qayd etildi. Turnir uchun e’lon qilingan yakuniy ro‘yxatlarda  «Manchester Siti»  klubining 19 nafar futbolchisi turli terma jamoalar sharafini himoya qiladi. Ularning har biri 12 xil mamlakatni namoyon etadi va bu ko‘rsatkich Angliya Premer-Ligasi tarixida yangi rekord sifatida qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!