"Manchester Siti" posboni o‘ziga yangi jamoa izlamoqda

  • 12.12.2025 19:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" darvozaboni Shtefan Oretaga faoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqchi. Bu haqda "Football Insider" nashri xabar bermoqda.

Manbada yozilgan ma’lumotga ko‘ra, germaniyalik posbonning xizmatlariga "Seltik" qlubi qiziqish bildirmoqda. 33 yoshli futbolchining "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. Uning hozirda transfer bozoridagi narxi 5 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ortega 2022 yildan beri "Siti" safida harakat qilib keladi. Shu davr mobaynida darvozabon 56 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning 25 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!