
"Manchester Siti" raqibi darvozasiga 6 ta gol urib g‘alaba qozondi (video)
Angliya liga kubogining 3-raundida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Uikomb Uonderers” klubini qabul qildi.
“Etixad”dagi o‘yinda muxlislar naqd 7 ta gol guvohi bo‘lishdi. Yakunda esa “Siti” 6:1 hisobida zafar quchdi. Shu kuni “shaharliklar” safida Kevin De Bryuyne (29'), Riyad Maxrez (43', 83'), Fil Foden (45+1'), Ferran Torres (71') va Kol Palmer (88') gol muallifi bo‘ldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar