
"Manchester Siti" sobiq himoyachisi "Leganes"ga ko‘chib o‘tdi
Serbiya milliy terma jamoasi va Angliyaning "Manchester Siti" klubining sobiq himoyachisi Matiya Nastashich erkin agent sifatida "Malorka"dan "Leganes" safiga o‘tdi.
31 yoshli himoyachining yangi klubi bilan shartnomasi ikki yil muddatga imzolandi. Serbiyalik futbolchi "Leganes"ga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi o‘tgan mavsumda La Ligada jami 26 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Faoliyati davomida esa, "Partizan", "Fiorentina", "Manchester Siti" va "Shalke" klublarida ham harakat qilgan.
Fikrlar