“Manchester Siti” superfutbolchi bo‘yicha rasmiy taklif yubordi
“Manchester Siti” rahbariyati argentinalik yarim himoyachi Enzo Fernandezni transfer qilish bo‘yicha «Chelsi»ga rasmiy taklif yubordi. Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
Klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda, futbolchining o‘zi esa jamoalar o‘rtasidagi qarorni kutmoqda.
Avvalroq OAV London klubi Fernandez transferi uchun 120 mln funt (140 mln yevro) talab qilayotganini xabar qilgan edi.
Enzo Fernandez London jamoasi safida 2023 yil yanvaridan buyon o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2032 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozorga qiymati 100 mln yevroni tashkil etadi.

Fikrlar