“Manchester Siti” to‘rtta darvozabon tanladi

  • 8 mart, 05:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” mutasaddilari asosiy darvozabon Ederson o‘rnini bosa oladigan yangi nomzodlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Braziliyalik darvozabon faoliyatini boshqa ligalarda davom ettirishi mumkin. Saudiya Arabistoni klublari anchadan beri Edersonni o‘z ligalariga taklif qilib, katta maosh va’da qilyapti.

Taniqli  jurnalist Grem Beyli “shaharliklar” Ederson o‘rniga yosh va iqtidorli nomzod topib, darvozabon muammosini uzoq muddatga hal etishni ma’qul ko‘rmoqda. Ayni paytda manchesterliklar to‘rtta golkiperni ko‘zlab turibdi.

Xosep Gvardiola jamoasi yozda Dzion Sudzuki (22 yosh, “Parma”), Lyuka Shevale (23 yosh, “Lill”), Anatoliy Trubin (23 yosh, “Benfika”) va Joan Garsiya (23 yosh, “Espanol”) kabi yangi avlod darvozabonlaridan birini olishga harakat qiladi.

31 yoshli Edersonning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!