
"Manchester Siti" xavbeki "Vest Xem"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
"Manchester Siti" Angliya chempionati doirasida "Vest Xem"ga qarshi o‘yinda Raxim Sterling va Aleksandr Zinchenko xizmatlaridan foydalana olmaydi.
Angliyalik futbolchi "Tottenxem"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda olgan jarohati sabab "shaharliklar"ga yordam bera olmaydi. Bu haqida klub rasmiy matuboti xabar bermoqda.
Aleksandr Zinchenko ham "shporlar" bilan bahsda olgan qizil kartochkasi sabab "bolg‘achilar"ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.
"Manchester Siti" va "Vest Xem" o‘rtasidagi bahs 9-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.
Fikrlar