
"Manchester Siti" yana bir qimmat transfer ustida ishlamoqda
"Ayntraxt" markaziy yarim himoyachisi Xugo Larsson "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda "GiveMeSport" xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yoshli shved futbolchisini qo‘lga kiritish uchun kurashda Angliyaning "Manchester Siti" klubi etakchilik qilmoqda. Nemis klubi Larsson uchun taxminan 83,5 million evro talab qilayotgani aytilmoqda. Manba shuningdek, yarim himoyachiga "Liverpul" va "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Larsson barcha turnirlarni hisobga olgan holda 22 ta o‘yinda ishtirok etib, to‘rtta gol urgan va bitta golli uzatma amalga oshirgan.
Larssonning "Ayntraxt" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil iyun oxirigacha amal qiladi.
Fikrlar