"Manchester Siti" yozda 23 yoshli portugaliyalik futbolchini sotib olmoqchi

  • 26 aprel, 2019, 09:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sporting" klubi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Manchester Siti"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

A Bola nashrining xabar berishicha “shaharliklar” 23 yoshli portugaliyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishni rejalashtirishmoqda. Ta’kidlash kerakki, Fernandeshga shuningdek PSJ va "Manchester Yunayted" klublari ham kurash olib borishmoqda. Ammo, bu borada “Siti” favorit deya tilga olinmoqda.

Ma’lumot uchun, Fernandeshning shartnomasida 100 mln evro tovon puli belgilangan. Biroq, “shaharliklar” uni 50 mln evroga sotib olishni rejalashtirishmoqda.

U joriy mavsum “Sporting” safida jami 48ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 28ta gol hamda 15ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!