
"Manchester Siti"ga xet-trik qilgan hujumchini APL grandlari talashyapti
"Sporting" hujumchisi Viktor Dyokereshga Angliya Premer-ligasining 2 ta klubi qiziqish bildirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari forvardni o‘z saflarida ko‘rishmoqchi.
Erik ten Hag lavozimidan ozod etilgandan so‘ng "qizil iblislar" "Sporting" murabbiyi Ruben Amorim bilan shartnoma imzoladi. 39 yoshli bosh mutaxassis yangi jamoasida shogiridini ko‘rishni xohlamoqda. "Aristokratlar" bo‘lsa, jamoaning hujumlarini yakunlay oladigan futbolchilarni anchadan beri sotib olishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli shvetsiyalik futbolchi bu mavsum 17 ta o‘yinda harakat qilib, 23 ta gol urishga ulgurdi. Nufuzli Transfermarkt portali uni 70 million evroga baholamoqda.
Fikrlar