
“Manchester Siti”ni yana bir mashhur yulduz tark etadi
Germaniyalik pleymeyker Ilkay Gyundog‘an “Manchester Siti”dagi faoliyatini yakunlashga hozirlik ko‘rmoqda, deb ma’lumot tarqatdi fichajes.net sayti.
Ma’lumki, Manchester klubida avlodlar almashinuvi kechmoqda va Xosep Gvardiola yoshi katta yulduzlar o‘rniga iste’dodli yosh ijrochilarni olib kelyapti. Hozirga qadar klubni Kevin de Bryuyne, Kayl Uoker va Skott Karson kabi katta tajriba egalari tark etdi va bu jarayon hali davom etadi.
Angliya matbuotining yozishicha, Ilkay Gyundog‘an Turkiya Superligasining eng qudratli klubi “Galatasaroy” bilan kelishuvga erishgan.
Football Transfers nashri turk klubi tajribali o‘yinchi uchun katta miqdorda sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi. 34 yoshli futbolchining manchesterliklar bilan hamkorlik shartnomasi kelasi yoz yakunlanadi. Turk klubi Ilkayni ko‘ndirish uchun katta maosh taklif qilgani aytilmoqda.
Fikrlar