"Manchester Yunayted" 19 yoshli "Monako" futbolchisini ko‘zlamoqda
"Monako" himoyachisi Benua Badyashil "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Goal.com nashrining yozishicha, monakoliklar 19 yoshli futbolchining transferini 35 million evroga baholamoqda. Unga esa "Bayer" va "Chelsi" klublaridan ham qiziqishlar bor.
Badyashil 2016 yildan buyon "Monako" futbolchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 2018 yilda debyut qilgan. Joriy mavsum esa 20 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar