
"Manchester Yunayted" A Seriya to‘purarini nishonga oldi!
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Italiyaning “Fiorentina” jamoasi o‘yinchisi Moyze Kinni yozgi transfer oynasida qo‘lga kiritishga urunib ko‘rmoqchi.
Italiyalik futbolchi uchun “qizil iblislar” hali aniq taklif jo‘natgani yo‘q. Ammo MYu 25 yoshli hujumchini mavsum davomidan buyon diqqat bilan kuzatmoqda. Agar jamoa o‘yinchini qo‘lga kiritsa, unga katta maosh taklif qilishga ham tayyor.
"Binafsharanglilar" forvardi uchun arab jamoalaridan ham qiziqishlar bor. Ayni damda, Kinga yagona taklif bergan klub Obameyang va Nacho Fernandes to‘p tepadigan “Al-Kadisiya” jamoasidir. Saudiya klubi futbolchiga yiliga 15 million evro maosh taklif qilgan. Moyzening o‘zi esa 20 million evro talab qilmoqda.
Hujumchi uchun yana yangi takliflar kelishi mumkin. Kin o‘ziga taklif etilgan barcha shartnomalarni 1 iyuldan 15 iyulgacha ko‘rib chiqishini aytib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Moyze bu mavsum jami 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol kiritdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar