
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyligiga asosiy nomzod kim e’kani ma’lum. U Ispaniya terma jamoasini boshqargan
"Manchester Yunayted" rahbarlari jamoaga yangi bosh murabbiy qidirishni davom ettirmoqda.
The Guardian xabariga ko‘ra, “qizil iblislar” bu borada “Sevilya” ustozi Xulen Lopetegi nomzodini ilgari surmoqda. Ular aynan 55 yoshli ispaniyalik mutaxassisni "Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi sifatida ko‘rishmoqda.
Lopetegining o‘zi hali "Sevilya"ni tark etish niyatida emas. OAVda esa MYu “Ayaks” bosh murabbiyi Erik ten Xag va PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino nomzodini ham ko‘rib chiqayotgani haqida yozmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Manchester Yunayted”ni germaniyalik mutaxassis Ralf Rangnik boshqarmoqda.
Fikrlar