"Manchester Yunayted" braziliyalik yarim himoyachi transferini hal qildi

  • 03.06.2026 05:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" "Atalanta" yarim himoyachisi Ederson Lourensoni oʻz safiga qoʻshib olish arafasida turibdi.

"The Athletic" maʼlumotiga koʻra, manchesterliklar va bergamoliklar transfer boʻyicha toʻliq kelishuvga erishgan. Italyan klubi futbolchi uchun 40,5 million yevro oladi. Yana 4,5 million yevro turli bonuslar koʻrinishida toʻlanishi koʻzda tutilgan.

Mankunianliklar braziliyalik futbolchining shaxsiy shartlari boʻyicha ham kelishib olgan. Tomonlar oʻrtasidagi shartnoma 4 yilga moʻljallangan boʻlib, uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham mavjud boʻladi.

Yaqin kunlarda Ederson tibbiy koʻrikdan oʻtadi. Barcha tomonlar bitimni iyun oyining dastlabki kunlaridayoq rasmiy yakunlashni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!