
“Manchester Yunayted” Erik ten Xag o‘rnini kim egallashini hal qildi
“Manchester Yunayted” Angliya kubogini qo‘lga kiritib, Evropa ligasiga yo‘llanma olmaganiga qaramay, klub rahbariyati Erik ten Xagni iste’foga chiqarishga qaror qilgan.
Give me Sport nashrining ma’lum qilishicha, niderlandiyalik murabbiy o‘rnini yaqinda “Chelsi”chidan ishdan ketgan Maurisio Pochettino egallashi kutilmoqda.
Argentinalik mutaxassis ta’tilga chiqmaydigan va o‘ziga ish taklif qilmoqchi bo‘layotgan klublar bilan muzokara qilishga ochiqligini bildirgan.
Maurisio Pochettino Angliya Premer-ligasida “Tottenxem” va “Chelsi”ni boshqargan. Agar tomonlar kelisha olsa, “Manchester Yunayted” uning ligadagi uchinchi jamoasiga aylanadi.
Fikrlar