“Manchester Yunayted” Fernandeshga ruxsat berib yubordi

  • 8 iyul, 2024, 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa etakchisi va sardori Brunu Fernandesh bilan xayrlashishga tayyor.

TEAMtalk nashrining yozishicha, klub xo‘jayinlari portugaliyalik futbolchiga Saudiya Arabistoni klublari bilan muzokara boshlashiga ruxsat berib yuborgan.

29 yoshli pleymeykerga saudiyaliklarning ikki grand klubi – “An-Nasr” va “Al-Ittihod” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Fernandeshning o‘zi sobiq jamoadoshi va hamyurti o‘ynayotgan “An-Nasr”ga o‘tishga moyillik bildirayotgani aytilmoqda.

Fernandesh yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, manchesterliklar uchun 15 ta gol va 13 ta assist muallifi bo‘ldi.

2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchi Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 70 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!