"Manchester Yunayted" ham xitoyliklardan o‘rnak olmoqda yoxud Mourino 2 futbolchiga 170 million sarflaydi
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Madridning "Atletiko" jamoasi futbolchilari Saul Niges va Antuan Grizmannlarni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
The Times nashri tarqatayotgan xabarga qaraganda, ushbu futbolchilarga mankunianlar bosh murabbiyi Joze Mourinoning shaxsan o‘zi qiziqmoqda.

Manbaning xabar berishicha, "qizil iblislar" ikkala futbolchiga umumiy 170 million evro taklif qilish orqali ularning shartnomasida ko‘rsatilgan chekinish bahosini biroz pasaytirishga harakat qilib ko‘rmoqchi.
Qayd etish joiz, joriy mavsumda Saul Ispaniya chempionati bahslarida 13 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va shuncha samarali pasga mualliflik qilgan bo‘lsa, Grizmann esa 15 o‘yinda to‘p surib 6 ta gol urgan va 4 ta samarali pas uzatishga muvaffaq bo‘lgan.



Fikrlar