"Manchester Yunayted" kelasi mavsum EChLda g‘olib chiqmoqchi

  • 25 iyul, 2020, 18:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Fred APLning so‘nggi turidan o‘rin olgan “Lester”ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu uchrashuvda mag‘lubiyatdan tashqari har qanday natija “qizil iblislar”ga EChL yo‘llanmasini taqdim etadi.

“Manchester Yunayted” Chempionlar ligasida o‘ynashi kerak, chunki biz buyuk jamoamiz. EChLga qaytish futbolchilar va klub uchun juda ham muhim. Buning uchun futbolchilar va klub harakat qilmoqda. Chempionlar ligasiga qaytsak ajoyib bo‘lardi. Chunki, biz kelasi mavsum bu musobaqada g‘alaba qozonmoqchimiz”, - deydi Fred.

Ma’lumot uchun, «Lester» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi 26 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!