
"Manchester Yunayted" murabbiyi Kazemironing o‘yinini yuqori baholadi
"Manchester Yunayted"ning vaqtinchalik murabbiyi Rud van Nistelroy Kazemiro va Bruno Fernandesh juftligining yarim himoya chizig‘idagi kechagi harakatlarini yuqori baholadi.
"Men Kazemirodan xursandman. Uning mashg‘ulot o‘tkazishi va jamoaga yordam berishi barchaga o‘rnak bo‘lyapti. U biz bilan ekanligidan juda xursandmiz.
Uni "Liverpul" bilan o‘yinda rosa ayblashdi. Ammo bu futbolchiga nisbatan insofsizlik va mutlaqo yolg‘on edi. Kazemiro jamoa uchun namuna. Aynan braziliyalik yarim himoyachi uchun ham xursand bo‘lib gollarni nishonladim.
Men Bruno haqida umuman tashvishlanmadim. Sababi uni ham har kuni mashg‘ulotlarda ko‘raman. Bahsga qanday tayyorgarlik ko‘rishini va jamoaga yordam berishini juda yaxshi his qilib turaman. Klub uchun ko‘p narsani o‘z zimmasiga oladi. O‘zini barcha narsa uchun javobgar deb o‘ylaydi. Umid qilamanki, Fernandesh oxirigacha shunday ruhda davom etadi", - dedi Rud van Nistelroy.
Fikrlar