“Manchester Yunayted” rahbariyati “Siti”dan ikki yulduzini olib ketishni so‘radi

  • 27 oktabr, 2024, 15:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati hamshharlari” “Manchester Siti” mutasaddilari 28 oktyabr kuni “Olti to‘p” taqdimot marosimiga ikki futbolchi – Alexandro Garnacho va Kobbi Maynuni reysda birga olib ketishni so‘radi.

Tecno

Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, “Yunayted” ayni paytda xarajatlarni optimizatsiya qilish borasida ish olib bormoqda.

 Ikkinchi o‘yinchisi “Siti”ning reysiga qo‘shib yuborish orqali ular borish-kelish xarajatlarini qisqartirishni ko‘zlayapti.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Siti” raqib jamoaning iltimosini rad etdi. Bunga xususiy samolyotda ortiqcha joy qolmagani sabab bo‘ldi.

“Manchester Yunayted” vakillari Garnacho va Maynu mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikka da’vogar hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!