«Manchester Yunayted» yangi hujumchi sotib olishi mumkin

  • 19.10.2026 16:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» jamoasi yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Angliya grandining navbatdagi nomzodi sifatida «Betis» forvardi Troy Perrott tilga olinmoqda. Bu haqida Ficherio nashri xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, sevilyaliklar irlandiyalik hujumchi uchun juda yuqori narx belgilagan.

«Betis» rahbariyati Perrottni kamida 80 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Shu summa futbolchining shartnomasida to‘lov miqdori sifatida ko‘rsatilgan.

Troy Perrott o‘tgan yozda «AZ Alkmaar» klubidan «Betis» safiga o‘tgan edi. Ispaniya klubi o‘sha paytda uning transfer huquqlarini to‘liq sotib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!