“Manchester Yunayted” yutqazmasa ham, birinchi o‘ringa chiqa olmadi!

  • 31 yanvar, 09:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” Angliya Premer-ligasida ishonchni oqlay olmayotgan bo‘lsa-da, Evropa ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Ruben Amorim shogirdlari UEFA shafe’ligidagi xalqaro turnirning umumiy bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunladi. Manchesterliklar bu raunddagi sakkizta uchrashuvdan beshtasida g‘olib chiqdi va uch marta durang o‘ynadi.

Sakkizinchi tur oldidan 36 jamoa ichida faqatgina ikkitasida bu bosqichni mag‘lubiyatsiz yakunlash imkoni bor edi. Biroq “Latsio” so‘nggi bahsda Portugaliyada “Braga”ga yutqazib qo‘ydi. Shunga qaramay, rimliklar musobaqaning bu bosqichini birinchi o‘rinda, “Manchester Yunayted” esa, uchinchi pog‘onada yakunladi. Ikkinchi  qatorda “Atletik Bilbao” futbolchilari joy oldi.

Endi ushbu uch jamoadan tashqari, kuchli sakkizlikka kirgan “Tottenxem”, “Ayntraxt”, “Lion”, “Olimpiakos” va “Glazgo Reynjers” Evropa ligasidagi ishtirokini chorak finaldan davom ettiradi.

UEFAning yangi formatdagi xalqaro turnirlari – Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasi umumiy bosqichida 36 tadan jamoa qatnashdi. Qoidaga ko‘ra, kuchli sakkizlikdan o‘rin olgan klublar to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak finalga chiqadi.  9-24-o‘rin sohiblari pley-offning o‘tish uchrashuvlarida o‘zaro kuch sinashadi. Qolgan 12 jamoa musobaqani tark etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!