
"Manchester Yunayted" "Yuventus" futbolchisi uchun kurashga qo‘shildi
"Manchester Yunayted" "Yuventus" himoyachisi Gleyson Bremerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, "keksa senoralar" futbolchining narxini belgilagan va uni faqat o‘z shartlariga ko‘ra qo‘yib yuboradi. Bremerning xizmatlariga shuningdek, "Liverpul", "Tottenxem" va "Chelsi" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Fikrlar