“Manchester Yunayted”ning katta transferi barbod bo‘ldi

  • 22 iyun, 2024, 19:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” kelasi mavsum oldidan ko‘p gol ura oladigan hujumchi qidiryapti.

Erik ten Xag yangi o‘yinchi tanlashda asosiy e’tiborini hamyurtlari – niderlandiyalik futbolchilarga qaratmoqda. Manchesterliklar “Bolonya” hujumchisi Joshua Zirkzeeni transfer qilish uchun kurash olib bordi.

O‘tgan mavsum A Seriya kashfiyotlaridan bo‘lgan Zirkzee bir nechta grand klub e’tiboriga tushgan edi. “Bolonya” mutasaddilari bu hujumchi uchun 70 million evro talab qilmoqda.

Bu summa “Manchester Yunayted”ni qoniqtirmadi va klub forvard uchun kurashni to‘xtatdi.

23 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumda Italiya chempionatida 11 ta gol va 4 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!