
"Manchester Yunayted"ning rejalari barbod bo‘ldi
"Manchester Yunayted"ni qiziqtirib qo‘ygan "Monako" himoyachisi Benua Badyashil jamoada qoladigan bo‘ldi.
Get French Football News tarqatgan xabarga ko‘ra, “qizil iblislar” 19 yoshli futbolchi uchun monakoliklarga 30 mln evro taklif qilgan, ammo “Monako” bosh murabbiyi Niko Kovach rahbariyatdan uni sotib yubormaslikni so‘ragan.
Badyashil “Monako” safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar