Manchesterlik futbolchilarning maoshi kesiladi
“Manchester Yunayted” yozgi transfer oynasida yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida klubning maoshlar fondini haftasiga 1 million funtgacha qisqartirmoqchi.
ESPN jurnalistlarining xabar berishicha, manchesterliklar himoyachi Harri Maguayr hamda yarim himoyachilar Kazemiro va Jeydon Sancho bilan shartnomalarni qayta imzolash orqali xarajatlarni kamaytirishni rejalashtirmoqda. Bu o‘yinchilarning klub bilan shartnomalari 2026 yil yozida tugaydi.
Bundan tashqari, klub joriy mavsumni ijara asosida “Barselona”da o‘tkazayotgan forvard Markus Reshfordni sotib yuborish orqali haftasiga 325 ming funt tejab qolishi mumkin.
Ayni paytda “Manchester Yunayted” Karlos Baleba (“Brayton”), Adam Uorton (“Kristal Pelas”), Angelo Shtiller (“Shtutgart”) kabi o‘yinchilarni sotib olishni ko‘rib chiqmoqda.



Fikrlar