Manchesterliklar “Real”ga kutilmagan taklif tayyorlayapti

  • 25.09.2025 16:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” mutasaddilari jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida Madridning “Real” klubiga jiddiy rokirovka taklifini tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi.

Goal nashrining yozishicha, manchesterliklar madridliklarning universal yarim himoyachisi Federiko Valverdeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

“Manchester Siti” rahbariyati rejasini amalga oshirish uchun urugvaylik o‘yinchi o‘rniga klub tarbiyalanuvchisi Kobbi Maynuni bermoqchi. Qo‘shimchasiga 560 million evro miqdorida mablag‘ ham to‘lanadi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, madridliklar 27 yoshli yulduzini manchesterliklarning 20 yoshli o‘yinchisiga almashtirishi juda qiyin.

Valverde “Real”ning eng muhim o‘yinchilaridan hisoblanadi. Uning “Qirollik klubi” bilan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.  Transfermarkt portali uni 130 million evroga baholayapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!