
Manchini Italiya terma jamoasiga 3 nafar debyutantni jalb etdi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Bosniya va Gertsegovina hamda Armanistonga qarshi o‘yinlar uchun quyidagi futbolchilarni jalb etdi.
E’tiborlisi, Rikkardo Orsolini ("Bolonya"), Gaetano Kastrovilli ("Fiorentina") va Andrea Chistanalar ("Breshiya") ilk bor terma jamoadan chaqiruv olishdi.
Darvozabonlar: Janluiji Donnarumma ("Milan"), Perluidji Gollini ("Atalanta"), Aleks Meret ("Napoli"), Salvatore Sirigu ("Torino").
Himoyachilar: Franchesko Acherbi ("Latsio"), Kristiano Biragi ("Inter"), Leonardo Bonuchchi ("Yuventus"), Andrea Chistana ("Breshiya"), Djovanni Di Lorentso ("Napoli"), Emerson Palmieri ("Chelsi"), Alessandro Florentsi ("Roma"), Armando Itstso ("Torino"), Alessio Romanoli ("Milan"), Leonardo Spinatstsola ("Roma").
Yarim himoyachilar: Nikolo Barella ("Inter"), Gaestano Kastrovilli ("Fiorentina"), Jorjino ("Chelsi"), Rolando Mandragora ("Udineze"), Marko Verratti (PSJ), Nikolo Dzanolo ("Roma").
Hujumchilar: Andrea Belotti ("Torino"), Domeniko Berardi ("Sasuolo"), Federiko Bernardeski ("Yuventus"), Federiko Keza ("Fiorentina"), Stefan El-Shaaravi ("Shanxay Shenxua"), Chiro Immobile ("Latsio"), Lorentso Insine ("Napoli"), Rikkardo Orsolini ("Bolonya").
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi muddatidan avval Evro-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Ma’lumot uchun, Bosniya - Italiya o‘yini 15 noyabr, Italiya – Armaniston bahsi esa 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar