Manchini: Mengacha hech bir murabbiy Italiya terma jamoasini boshqarishni istamagan

  • 21.05.2020 19:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini bu lavozimga qanday kelib qolganini aytib berdi.

“Hech kim Italiya terma jamoasini boshqarishni istamagan. Keyin ular mendan so‘rashdi, men esa rozi bo‘ldim. Shunchaki ko‘plab mutaxassislar qiyin vaziyatga tushib qolishdan qo‘rqishdi.

Mening rejam jamoani birlashtirish uchun nimadir qilishdan iborat edi. Futbolchilar ajoyib muhit yaratishdi. Italiyada hamisha ajoyib futbolchilar o‘ynagan va hozirgi o‘yinchilar ham bundan mustasno emas”, - deydi Manchini.

Eslatib o‘tamiz, Manchini boshchiligidagi jamoa “Evro-2020”ning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib ulgurgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!