Mareska: "G‘alabalarni imkon qadar tezroq qaytarishni istayapmiz"
"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska Chempionlar ligasida "Atalanta"ga qarshi kechgan 1:2 hisobidagi uchrashuvdan so‘ng fikr bildirdi.
"Birinchi taymda biz o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Birinchi golni o‘tkazib yuborgandimizdan keyin uchrashuv ustidan nazoratni biroz yo‘qotdik. Har ikki kunda bir o‘yin o‘tkazayotganimiz — ehtimol, o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Biz faqat g‘alabalarni imkon qadar tezroq qaytarishni istaymiz. Agressiv o‘ynashga harakat qildik, ammo gol o‘tkazib, hisob 1:1 bo‘lganidan keyin o‘yin dinamikasi biroz o‘zgarib ketdi", — deya Mareskaning so‘zlarini UEFA keltiradi.

Ma’lumot o‘rnida, "Chelsi" "Barsa"ga qarshi yirik g‘alabadan so‘ng 4 uchrashuvdan buyon muvaffaqiyatga erisha olmayapti. "Arsenal" bilan 1:1 hisobidagi durang, "Lids"ga qarshi alamli mag‘lubiyat (3:1), so‘nggi to‘qnashuvda esa "Bornmut" bilan 0:0 hisobidagi nursiz durang.

Fikrlar