Mareska «Manchester Siti» atrofidagi vaziyatga munosabat berdi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska Angliya Premier-ligasi doirasida «Liverpul»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida klubning moliyaviy qoidalarni buzish bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilgani haqida fikr bildirdi.
— Xayrli tong. Nima sababdan ko‘pchiligingiz bu yerda ekaningizni tushunaman. Ammo avval ham aytgan gaplarimni takrorlashim mumkin, xolos. Jarayon davom etmoqda. Men klubga ishonaman. Bu masala bo‘yicha ayta oladigan gapim shu.
Men klubga ishonaman, chunki bu yerdagi insonlarga ishonaman. Aynan shuning uchun ham ushbu klubga kelganman.
— Agar klub APLdan chiqarib yuborilsa ham, jamoada qolasizmi?
— Dunyo’da men o‘ynashni istaydigan boshqa klub yo‘q. Bu yerda ekanimdan juda baxtliman va faxrlanaman. Men bu haqida birinchi kundan buyon gapirib kelaman, — dedi Enzo Mareska.

Fikrlar