Mariya Sharapova Qatarda qoqildi

Kecha Qatarning Doxa shaharida WTA musobaqalar taqvimidan joy olgan “Qatar Total Open – 2018” turnirining asosiy to‘r bahslariga start berildi.

“Premier 5” turkumiga kiruvchi mazkur musobaqaning sovrin jamg‘armasi 3.173.000 AQSh dollarini tashkil etmoqda.

Musobaqaning birinchi davrasida ruminiyalik Monika Nikulesku rossiyalik Mariya Sharapovani 4:6,6:4,6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Slovakiya sharafini himoya qilayotgan Dominika Tsibulkova yana bir rus tennischisi Anastasiya Pavlyuchenkovani 7:6, 6:4 hisobida engdi.

Shuningdek, ilk davrada Anna Blinkova (Rossiya), Ketrin "SiSi" Bellis (AQSh), Ekaterina Makarova (Rossiya), Duan In-In (Xitoy) va Agneshka Radvanska (Polsha) g‘alaba qozonib navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Bugun mazkur musobaqada kortga chiqadigan tennischilar bilan tanishing:

Yuliya Gerges (Germaniya) – Lyutsiya Shafarjova (Chexiya)

Yoxanna Konta (Buyubritaniya) – Bernarda Pera (AQSh)

Shuay Pen (Xitoy) – Kristina Mladenovich (Frantsiya)

Van Tsyan (Xitoy) – Medison Kiz (AQSh)

Anastasiya Sevastova (Latviya) – Donna Vekich (Xorvatiya)

Fatma Al Nabxani (Ummon) – Magdalena Rybarikova (Slovakiya)

Eliza Mertens (Belgiya) – Timea Babosh (Vengriya)

Chagla Buyukakchay (Turkiya) – Petra Kvitova (Chexiya)

Karla Suares-Navarro (Ispaniya) – Katerina Bondarenko (Ukraina)

Mariya Sakkari (Gretsiya) – Sorana Kirstya (Ruminiya)

Anett Kontaveyt (Estoniya) – Alize Korne (Frantsiya)

Samanta Stosur (Avstraliya) – Irina Begu (Ruminiya)

Barbora Strytsova (Chexiya) – Aleksandra Krunich (Serbiya)

Tatyana Mariya (Germaniya) – Karina Vittxeft (Germaniya)

Yuliya Putintseva (Qozog‘iston) – Marketa Vondroushova (Chexiya)

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!