
Mariya Sharapovaning sobiq sevgilisida koronavirus aniqlandi
"So‘nggi kunlarda kim bilan muloqotda bo‘lgan bo‘lsam, ularning bari koronavirusga test topshirishlarini istayman. Kimgadir zarar etkazishimdan qattiq afsusda bo‘laman. Hozir uydaman va tegishli muolajalarni olyapman. O‘zingizni extiyot qiling", - deydi G.Dimitrov.
Bolgariyalik tennischi Grigor Dimitrovda koronavirus aniqlandi
U Xorvatiyaning Zadar shahrida Novak Jokovich tomonidan tashkil etilayotgan "Adria Tour" ko‘rgazmali turnirida ishtirok etayotgan edi. G.Dimitrov turnirning barcha ishtirokchilari bilan ijtimoiy masofani saqlamagan holda muloqotda bo‘lgan. Shu sababli boshqa tennischilar ham mazkur virusni yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin.
Fikrlar